logo
Asosiy
Kutubxona
An`anviy xalq qo’shiqlarini o`rgatishda ajdodlar me'rosining ulug'lanishi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    Aliberdiyeva A
    Nashr etilgan yili:
    2017
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    An’anaviy xalq og’zaki badiiy ijodida keng tarqalgan qadimiy janrlardan biri qo’shiqdir. Xalq qayg’uli kunida ham, shodligida ham qo’shiq aytadi. Bola qo’shiq bilan yo’rgaklanadi, yigit - qiz tuyg’ulari qo’shiqsiz o’tmaydi. Mehnat bilan kurash qo’shiq bilan yengillashadi. Shuning uchun xalqimiz “Suygan ham qo’shiqchi, kuygan ham qo’shiqchi” - deydi. Barcha davrlarda, turli mavzularda yaratilgan qo’shiq o’z zamonasining mevasi bo’lishi bilan birga, uzoq o’tmishning tarixiy yodgori hamdir. Musiqa va tarbiya bir - biri bilan uzviy bog’liq hodisa sanaladi. Musiqa odamda insoniylik, samimiylik, birodarlik tuyg’usini kuchaytira oladigan mo’'jizakor kuch. Musiqaning yaratilishi va taraqqiyoti xalqning iqtisodiy - ma'naviy turmush tarzi, falsafiy, estetik qarashlari bilan bog’liqdir. Xalqning yaxshi kunlari ham, yomon kunlari ham kuy bilan birga o’tadi.