Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Magistrlik dissertatsiyasi
Muallif:
S.P.Pirnazarova
Nashr etilgan yili:
2016
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Hozirgi kunda biz yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, "… tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta`riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. … Ammo ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda".