Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Bitiruv malakaviy ishi
Muallif:
M. Abdulazizov
Nashr etilgan yili:
2019
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan so’ng jadal rivojlanish yo’lidan bormoqda. Albatta rivojlanishning bunday davrida barcha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni talab etadi. Mamlakatimiz moddiy texnika bazasini yaratishda, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashda suv resurslari g’oyat katta ahamiyatga ega. Suv resurslari tabiat resurslari orasida alohida o’rin tutadi va ahamiyatiga ko’ra beqiyosdir. Shuni inobatga olgan holda 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasida ham ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilgan.