Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Kurs ishi
Muallif:
Davronova Zuxra Hikmatovna
Nashr etilgan yili:
2012
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Grafik tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saqlangan mehnat qurollari va buyumlarida qo`llanilgan bezaklar hamda qoyatoshga o`yib ishlangan ko`plab tasvirlar bundan guvohlik beradi.
Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekiston hududidagi arxeologik qazish ishlari bu erda yashagan ibtidoiy xalqlarning tasviriy san`ati ancha yuksak bo`lganini ko`rsatadi. Ular ish faoliyatlarini qoyatoshlarga o`yilgan tasvirlarda aks etganlar. Masalan, Jizzax yaqinidagi qoyatoshga o`yilgan (ishlangan) ov manzarasi (1–shald), Soymalitosh (Farg`ona vodiysi)da topilgan qoyatoshdagi tasvir (2–shakl)da quyosh va dehqonning, shudgor qilish jarayoni aks ettirilgan. Bu tasvirlar miloddan 2–3 ming yil ilgari toshga o`yib ishlangan (O`zSE, IV, torn 523 b. XIV torn 581b.).