logo
Asosiy
Kutubxona
Xor bilan ishlashda vokal mashqlarining o’rni
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    Iskandarova Azima
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Oliy ta’lim muassalarida o’rta maxsus kasb ta’limi tizimida, musiqa maktablarida jamoa bo’lib kuylashga o’rgatishda interaktiv usullardan foydalanish musiqa madaniyati darslarida interfaol uslublar orqali o’quvchilarni faollashtirish. Jamoa bo’lib kuylash uchun tanlangan asarlarning musiqiy va badiiy yetuk bo’lishida kuylovchilarning vokal tayyorgarliklari darajasiga alohida etibor qaratish. Vokal xor malakalarini shakllantirishning zamonaviy sermahsul uslublarini taklif qilish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, musiqa va sportni rivojlantirish to’g’risida prezident qarori chiqqanligi hammamizga ma’lum. Maktabda musiqa darslarining asosiy qismini jamoa bo’lib kuylash tashkil qiladi. Darsning bu faoliyat turi bolalarni musiqa san’atiga qiziqtirish, uni sevishga o’rgatish, bolalarning musiqiy iste’dodini rivojlantirishdan iborat. Maktabda musiqa darslari jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodini o’rganish va musiqa adabiyoti bilan tanishish bo’yicha qator mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, 1-2- sinflarda qo’shiq o’rgatish jarayonida xilma-xil ritmik harakatlar ham ko’rsatib boriladi.