Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Referat
Muallif:
F.Sulaymonov
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.