logo
Главная
Библиотека
YASAMA OTLAR – O’QUVCHILAR SO’Z BOYLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Статья
    Автор:
    T. Almamatov
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Ma’lumki, tilning lug’at tarkibi yasama so’zlar, shevalardan so’z olish ( ichki tomondan ), boshqa tillardan so’z qabul qilish ( tashqi tomondan ) orqali kengayib boradi. Demak, so’z yasalishi lug’atni boyituvchi manbalardan biri sanaladi. Mustaqil so’z turkumlarining deyarli hammasida ( son turkumidan boshqa ) yasalish jarayoni kechadi. Bu turkumlar orasida yasama otlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ot turkumi o’rta maktabning 6-sinfida o’tilib, o’quv soatlarining katta qismi bu turkumga ajratilgan.