Даража:
Олий таълим
Тури:
Мақола
Муаллиф:
N.Normurodova
Яратилган вақти:
03.09.2023
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori barcha tarixchilar va olimlarning yelkasiga katta ma`suliyat yukladi.Islom dini rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va Termiziy allomlarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o`rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug` allomlar, aziz avliyolar vatani bo`lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o`rtasida keng targìb qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g`oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`usini yanada kuchaytirish maqsadida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda.