Даража:
Олий таълим
Тури:
Маъруза матни
Нашр этилган йили:
2010
Яратилган вақти:
03.09.2023
Morfologiya (yunoncha morphe – «shakl», logos – «ta’limot») so‘z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar o‘rganiladi. Morfologiyada so‘zlar mushtarak yoki farqli bеlgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o‘rganiladi. So‘z
lеksikologiyada lеksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o‘rganiladi.