logo
    image
    Даража:
    Умумий ўрта таълим
    Тури:
    Эртаклар
    Яратилган вақти:
    03.09.2023
    0
    (Chexiya xalq ertagi) Bor ekan, yo‘q ekan, qaysidir bir mamlakatda zolim va ezma qirol yashagan ekan. Bir kuni qirol saroyiga allaqanday chayqovchi ayol savatda yangigina baliq olib kelib: -Manavi baliqni xarid qil, qirol, keyin xursand bo‘lasan, — debdi. Qirol baliqqa nigoh tashlab qo‘yarkan: -Saltanatimda bunday baliq ko‘rmagandim, zaharli baliq emasmi? — debdi. -Zinhor, — debdi chayqovchi ayol. — Baliqni qovurishga amr et, uni yesang, shu zahoti barcha hayvon, baliq va parrandalarning tilini tushunadigan bo‘lasan.